Joriy yilning 26- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida videokonferensaloqa orqali davra suhbati tashkil etildi.

moliyaichi12604

Tadbirda, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi vakillari, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

moliyaichi22604

moliyaichi32604

Dastlab, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Madaminov Umid Kanjaboyevich aholi turmush darajasini o'rganishning uslubiy jihatlari haqida taqdimot o‘tkazdi.

moliyaichi42604

Taqdimot davomida aholi turmush darajasi kuzatuvlarini tashkil qilish va o‘tkazish borasida batafsil ma'lumot berildi.

moliyaichi52604

Shuningdek, tadbirda Toshkent moliya instituti o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

moliyaichi62604

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.

 

Matbuot xizmati