Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 128 556,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2020- yilning mos davri bilan taqqoslaganda o‘sish sur'ati 103,0 % ga teng.

topikichi12804

2021- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 3 712,6 ming so‘mni (yoki 353,4 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-mart oylarida YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 64 763,1 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasida 52 002,1 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi. Mahsulotlarga sof soliqlar esa 11 791,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Matbuot xizmati