Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning I choragida respublikamizda 65 721 tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 105,0 % ga teng.
2021- yilning I choragida yetishtirilgan sabzavotlarning 11,9 % fermer xo‘jaliklari, 67,3 % dehqon xo‘jaliklari va 20,8 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavotlar hajmi:
Qoraqalpog‘iston R. – 617 tonna
Andijon viloyati – 3 809 tonna
Buxoro viloyati – 4 994 tonna
Jizzax viloyati – 984 tonna
Qashqadaryo viloyati – 3 202 tonna
Navoiy viloyati – 2 587 tonna
Namangan viloyati – 2 030 tonna
Samarqand viloyati – 2 910 tonna
Surxondaryo viloyati – 19 346 tonna
Sirdaryo viloyati – 1 236 tonna
Toshkent viloyati – 13 808 tonna
Farg‘ona viloyati – 7 423 tonna
Xorazm viloyati – 2 775 tonna
Matbuot xizmati



