Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning I choragi davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 080 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 11,5 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari  ishlab chiqarildi.

Mazkur tarmoqning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 119,1% ni tashkil etdi.

topikichi1060521

To‘qimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

Farg‘ona viloyati  – 15,0%

Qashqadaryo viloyati – 9,8%

Toshkent viloyati  – 9,1%

Samarqand viloyati – 9,1%

Buxoro viloyati – 9,1%

 

Matbuot xizmati