Joriy yilning 7- may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.moliyaichi1070521

Mazkur tadbirda Narx statistikasi boshqarmasi vakillari, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab, Narx statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umarov Muxtor Turayevich O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiya holatini aniqlash va tahlil qilish haqida taqdimot o‘tkazdi.moliyaichi2070521

Taqdimot davomida inflyatsiya va uni hisoblashda narx kuzatuvlarini tashkil qilish va o‘tkazish borasida batafsil ma'lumot berildi.moliyaichi3070521

Shuningdek, tadbirda Toshkent moliya instituti o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarda batafsil javob olishdi.moliyaichi4070521

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.

 

Matbuot xizmati