07/05/2021

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9- may ­– Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

9- may – Xotira va qadrlash kuni arafasida bugungi tinch-osoyishta hayotga qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini chuqur his etamiz. Bu yo‘lda qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qilamiz. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teran anglaymiz. 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti xizmatchilari hamda yurtimizdagi barcha nuroniylarni bayram bilan chin dildan qutlaymiz. Ularga mustahkam sogʻliq, koʻtarinki kayfiyat doimo yor bo‘lsin!

tabrikichi070521

Samimiy va chuqur hurmat ila,

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech