10/05/2021

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli 2- soni Toshkent akademik litseyida  “Aholini ro`yxatga olishning mazmun va mohiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

PEREPISichi110052021

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, o`qituvchi hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

PEREPISichi210052021

Tadbirda o‘quvchilarga aholini ro`yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

PEREPISichi310052021

PEREPISichi410052021

Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

PEREPISichi510052021

Aholini ro‘yxatga olishda har bir fuqaroning ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi, bandligi, daromad manbalari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha batafsil ma'lumot to‘planadi.

PEREPISichi610052021

Seminar yakunida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech