Davlat statistika qo‘mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 4,0 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Andijon viloyatida qayd etildi – hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 7,7 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 7,0 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasida viloyatida 6,0 % va Samarqand viloyatida 4,7 % ga yetdi.
Matbuot xizmati



