Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etmoqda.
Jumladan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.
Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati


