To‘rtko‘l tumani statistika bo‘limi tomonidan tuman hokimligida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o`tkazildi.
Seminarda To‘rtko‘l tumani hokimi Шамуратов Рустам Азатович, tuman statistika bo‘limi vakillari Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.
Shuningdek, tadbirda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.
Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.
Matbuot xizmati




