YaIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,4 f.p. (2020- yil yanvar-martda – 0,5 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,2 f.p. (2020- yil yanvar-martda – 0,6 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 1,1 f.p. (2020- yil yanvar-martda – 2,5 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi.
Qurilish ishlari hajmi 2020- yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirganda 0,5 % ga o‘sgan bo’lsada, bu YaIM o‘sishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi (2020- yil yanvar-martda – 0,5 f.p.).
Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YaIM 0,3 f.p. (2020- yil yanvar-martda – 0,5 f.p.) ga ko‘paydi.
Matbuot xizmati


