Joriy yilning 12- may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi vakillari, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Dastlab, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Mirzaxidov Abdug‘ofur Yo‘ldoshevich O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatish sohasi holatini aniqlash va tahlil qilish haqida taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimot davomida xizmatlar hajmini hisoblashda xizmatlar kuzatuvlarini tashkil qilish va o‘tkazish borasida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda Toshkent moliya instituti o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.
Matbuot xizmati


