12/05/2021

Davlat statistika qo`mitasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni muqaddas islom dinining ezgu g`oyalarini, xalqimizning urf-odat, an`analari va qadriyatlarini o`zida mujassam etgan qutlug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi.

O`zaro mehr-oqibat, ezgulik va saxovat, millatlararo ahillik, bag`rikenglik ramzi bo`lgan bu ayyom – Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardanr biri hisoblanadi.

 Ana shunday ezgu g`oyalar mujassam bo`lgan Ramazon hayiti yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!    

hayitichi1120521

 

 Davlat statistika qo`mitasi Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech