Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart oylari holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,2 kishini tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha tahlil qilganda, eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida (5,7 kishi), eng quyi ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (4,2 kishi) qayd etilganini ko‘rishimiz mumkin.
Matbuot xizmati


