Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablag‘larni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirgan investitsiyalari ulushi 28,4% ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Toshkent viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 54,3% ini tashkil etdi.

investichi170521

Shuningdek, Jizzax viloyatida 39,5%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 36,2% va Andijon viloyatida 34,0% investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.

Matbuot xizmati