Aholi salomatligini saqlash, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.sportichi1180521

sportichi2180521

Prezidentimizning 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son farmoni ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.sportichi3180521

sportichi4180521

Davlat statistika qo'mitasi markaziy apparati hamda hududiy boshqarma xodimlari haftaning har shanba kuni maxsus sport majmualarida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida ishchi-xodimlar o‘rtasida turli sport tadbirlari ham tashkil etib kelmoqda. Xususan, reja asosida xodimlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi.sportichi5180521

sportichi6180521

Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish tanani chiniqtirib, sog'lom turmush tarzini shakllantiradi. Sport bilan muntazam shug‘ullanish, to'g'ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish, turli  kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Matbuot xizmati