2021- yilning 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 439 927 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 91 738 tani (20,9 foiz) tashkil qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 909 ta
Farg‘ona viloyati – 11 190 ta
Qashqadaryo viloyati – 9 768 ta
Surxondaryo viloyati – 7 307 ta
Namangan viloyati – 7 286 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 35 387 ta
sanoatda – 16 334 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 8 003 ta
qurilishda – 7 732 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 662 ta
Matbuot xizmati



