Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- may holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 598 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
2021- yilning 1- may holatiga ko‘ra, ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 577 tani tashkil etmoqda.
2021- yil yanvar-aprel oyida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 117 ta
Farg‘ona viloyati – 67 ta
Toshkent viloyati – 56 ta
Samarqand viloyati – 52 ta
Matbuot xizmati



