2021- yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 33,3 % ni tashkil etdi.
Kuzatilayotgan davrda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushida 2020- yil yanvar-martdagi 70,2 % ga nisbatan 73,8 % gacha o‘sishi qayd etildi. Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining ulushi 17,1 % gacha pasaydi (2020-yil yanvar-martda – 20,4 %).
2021- yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush quyidagilar hissasiga to’g’ri kelgan: metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoati (mashina va uskunalardan tashqari) – 42,7 %, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish – 14,7 %, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 13,1 %.
Matbuot xizmati



