Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko‘p.

2021- yilning aprel oyida 65 ta elektromobil import qilingan.  mobilichi210521

2021- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 119 ta

Turkiya – 24 ta

Koreya – 4 ta

AQSh – 4 ta

Germaniya – 3 ta

Litva – 1 ta

Ispaniya – 1 ta

2021- yilning yanvar-aprel oylarida elektromobil import qilgan hududlar:

Toshkent shahri – 150 ta

Samarqand viloyati – 2 ta

Andijon viloyati – 2 ta

Toshkent viloyati – 1 ta

Sirdaryo viloyati – 1 ta

So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

 2018- yilda – 13 ta

 2019- yilda – 39 ta

 2020- yilda – 131 ta

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar - aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSh dollari sarflangan.

 

Matbuot xizmati