2021- yilning 21- may kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.
Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayoni xususida batafsil fikr-mulohaza almashildi.
Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’yicha hududlardagi mavjud muammo va kamchiliklar haqida alohida to’xtalib o’tildi.
Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati


