2021- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YaIMdagi ulushi 6,7 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-mart oylarida tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 58,5 % ni tashkil etdi (2020- yil yanvar-martda – 53,1 %).

Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 17,4 % (2020- yil yanvar-martda – 18,5 %), temir yo‘l transportining ulushi 12,2 % (2020- yil yanvar-martda – 12,9 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 9,5 % (2020- yil yanvar-martda – 9,9 %), havo transportining ulushi 2,4 % (2020- yil yanvar-martda – 5,6 %)ni tashkil etdi.

 

snsuz26052021

 

Matbuot xizmati