Joriy yilning 26- may kuni Davlat statistika qo'mitasining Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo`limi boshlig'i Zuhra Mamadjanova Eurostat va Yevropa komissiyasining Qo'shma tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Xarajatlar va ishlab chiqarish uslubi tahlilida xalqaro va global hisoblardan foydalanish (FIGARO)” mavzusidagi onlayn tadbirda ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Yevropa, Osiyo, Amerika hamda Osiyo-tinch okeani mintaqasi mamlakatlari ekspertlari ham qatnashishdi.

Onlayn uchrashuvda Eurostat general direktori Mariana Kotsayeva va Qo'shma tadqiqot markazi Bosh direktori Stefen Quest so'zga chiqdi.figaroichi2270521

Tadbir davomida Groningen universiteti professori Ditzenbacher, Belgiya Federal rejalashtirish byurosi mutaxassisi Janob Bernhard hamda Evropa komissiyasi DG TRADE mutaxassisi  Bursierning ma'ruzalari tinglandi.figaroichi3270521

FIGARO uslubiyati – iqtisodiy modellarni ishlab chiquvchilar, siyosatchilar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun globallashuvning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarini tahlil qilishga imkon beradi hamda xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasini tahlil qilishda qo‘llaniladi.figaroichi4270521

Ishtirokchilar FIGARO ma'lumotlaridan turli xil milliy tahlillar uchun qanday foydalanishga, ma'lumotlarning siyosatchilarga savdo va ish, savdo va gender tengligini tahlil qilishda, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining ta'siriga qanday yordam berishi mumkinligiga e'tibor qaratdilar.figaroichi5270521

Onlayn o‘tkazilgan tadbir yakunida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda BMT statistika bo'limi mutaxassislari ishtirokida savol-javob bo'lib o'tdi.

Matbuot xizmati