Joriy yilning 27–29- may kunlari Farg’ona davlat universitetida davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.fargoanichi1280521

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.fargoanichi2280521

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’ayibnazarov Bahodir Karimovich viloyatdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha keng tushuncha berib o‘tdi.fargoanichi3280521

Uchrashuv davomida “Statistika asoslari” bo‘yicha hamda idoraviy statistik ma'lumotlarni shakllantirish va Davlat statistika qo‘mitasi bilan axborot almashinuvini ta'minlash borasida ma’lumotlar berildi.fargoanichi4280521

Shuningdek, Bahodir G’ayibnazarov o‘quv kursi ishtirokchilariga ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika bo‘yicha tayyorlangan tahliliy statistik ma'lumotlar haqida batafsil tushuncha berdi.

Matbuot xizmati