Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Statistiklari konferensiyasining rasmiy veb saytida ingliz, rus, fransuz tillari bilan bir qatorda ilk marotaba o‘zbek tilida ham ma'lumotlar joylandi.BMTICHI1310521

Ma'lumki, O‘zbekiston hududida 2021- yili sinov tariqasida, 2023- yilda ommaviy aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirish belgilangan. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

BMTICHI2310521

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Yevropa statistiklar konferensiyasining 2020- yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa statistiklar konferensiyasining rasmiy veb saytiga joylandi.

 

Matbuot xizmati