2021- yilning yanvar - aprel oyilarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 5,7 % ni tashkil etib, (2020- yil yanvar-aprel oyilarida 6,0 %), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turining o‘sish sur’ati 121,4 % ni tashkil etdi. Ushbu sohada ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4 726,4 mlrd. so‘mga ortdi.

Aloqa va axborotlarshtirish sohasidagi xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchi pog‘onalarni Navoiy (137,9 %) va Toshkent (135,7 %) viloyatlari band etgan bo‘lsa, nisbatan past ko‘rsatkichlar Namangan (107,2 %) va Samarqand (111,4 %) viloyatlarida qayd etildi.uslugauzb

Matbuot xizmati