1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.
Mamlakatimizda ham bolalar bayrami keng nishonlanadi. Butun borliq bolalar tabassumi bilan go‘yoki mo‘jizalar dunyosiga aylanadi.
2021- yil 1- yanvar holatiga yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 10 million 175 ming 819 nafarni tashkil etgan.
O‘g‘il bolalar – 5 272539 nafar
Qiz bolalar – 4 903280 nafar
Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Ertangi kun egalari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz doimo sog‘-salomat bo‘lsin!
Matbuot xizmati



