Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – “Mahallabay” va “Fuqarobay” tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.bekichi1020621

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida hasharlar tashkil etmoqda.bekichi2020621

Jumladan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar xodimlar tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.bekichi3020621

Mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidagi bolalar maydonchasidagi o‘yin jihozlari va o‘rindiqlar turli ranglarda bo‘yalib, to‘liq ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.bekichi4020621

 “O‘zbekiston”, “Birdamlik”, “Mustaqillik”, “Shirin”, “A.Navoiy”, “Farxod”, “Sementchi” MFY idoralariga 1 tadan kompyuter jihozlari yetkazib berildi.bekichi5020621

“Paxtakor”, “Muqumiy”, “Do‘stlik” hamda “Taraqqiyot” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarga jami 4 ta nogironlik aravachalari berildi.bekichi6020621

Shuningdek, “Paxtakor”, “Metallurg”, “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarga eshitish moslamalari berildi.bekichi7020621

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati