Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – “Mahallabay” va “Fuqarobay” tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol ishtirok etmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etmoqda.
Jumladan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi. Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi.
Ishchi guruh vakillari Yangihayot tumanidagi mahallalarida uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar holidan xabar olib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli dori-darmonlar berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati






