Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC), Turkiya statistika instituti (TurkStat) hamda BMTning g'arbiy Osiyo uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi statistika bo'limi (ESKZA) bilan hamkorlikda transport vositalari statistikasi, transport va yo'l-transport hodisalari sohasida tajriba almashish borasida vebinar tashkillashtirildi.ichisesrik

Ushbu vebinar Islomiy hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlari uchun statistik tajriba almashish bo'yicha SESRIC vebinarlari sirasiga kiradi.

Vebinarda Davlat statistika qo'mitasidan, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i Abdug‘ofur Mirzoxidov va bo`lim mutaxassislari ishtirok etdi.ichisesrik2

Tadbir davomida ishtirokchilarga avtotransport vositalari, yo'l-transport hodisalari, yo'l transport vositalari - kilometr statistikasi hamda BRMga erishishda transport statistikasi kabi mavzular bo'yicha taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Onlayn seminar ishtirokchilari transport tarkibiy qismlari, xususan, avtomobillar, yo'l harakati intensivligi va xavfsizligi, shu jumladan, yo'l-transport hodisalari bo'yicha statistika davlatlar uchun izchil va keng qamrovli siyosat doirasida samarali transport tizimlari va infratuzilmalarni loyihalashtirish va ishlab chiqish uchun juda muhimligini ta‘kidladi.

ichisesrik3

Ushbu tadbir transport sohasi bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'plash metodologiyasini yaxshilash va “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” ni amalga oshirish bo'yicha belgilangan “Yo'l xarita”da qayd etilgan vazifalarga erishishga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati