Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 3,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan konditsioner eksport qilgan.
Konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln. AQSh dollariga oshgan.
O‘zbekiston 2021- yilning dastlabki 4 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:
Ozarbayjon – 2,4 mln.
Rossiya – 315,9 ming
Turkmaniston – 304,4 ming
Tojikiston – 223,8 ming
Qozog‘iston – 159,9 ming
Qirg‘iz R. – 59,6 ming
Moldova – 38,8 ming
Yaman – 18,3 ming AQSh dollari
2021- yilning dastlabki 4 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 2,7 mln.
Toshkent viloyati – 796,4 ming
Andijon viloyati – 0,9 ming AQSh dollari
Matbuot xizmati



