11/06/2021

2021- yilning 10- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev boshchiligida Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

pere1pere2

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

pere3pere4

Tadbirda, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar, hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.pere5pere6

Shuningdek, ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’yicha hududlardagi mavjud muammo va kamchiliklar haqida alohida to’xtalib o’tildi. Xususan, so‘nggi haftalarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha yetarli ish tashkil etaolmayotgan tuman statistika bo‘limlari boshliqlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech