Joriy yilning may oyi davomida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan hududlarda uy-joylar ro‘yxati tuzilib, aholi soniga aniqlik kiritilgan holda xonadonlar ro‘yxati to‘liq yangilab chiqildi.
Bajarilgan ishlar natijasi bo‘yicha xaritalardagi aniqlangan xato va kamchiliklarini tuzatish, lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish uchun hududiy kadastr agentligiga topshirildi.
2021- yil 11- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan Uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar (registratorlar) faoliyati uy-joy ro‘yxatini tuzish jarayoni natijalari bo‘yicha taxlil qilinib, jarayonda faol ishtirok etgan xodimlar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Matbuot xizmati








