Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-aprel oylari davomida O‘zbekiston xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628,9 ming dona mobil telefonlar import qilgan.
Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan.
O‘zbekiston 10 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 422,1 ming dona
Vyetnam – 72,9 ming dona
Qozog‘iston – 63,5 ming dona
BAA – 42,6 ming dona
Hindiston – 27,7 ming dona
Rossiya – 600 dona
Yaponiya – 16 dona
Matbuot xizmati


