15/06/2021

Joriy yilning 15- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida hududiy boshqarmalarning yangilangan ko‘rinishdagi rasmiy sayti yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

sayt150621

sayt150621

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida tashkil etilgan onlayn tadbirda qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Z. Ziyayev hududiy boshqarmalarning yangilangan ko‘rinishdagi rasmiy saytidagi har bir bo‘lim va ruknlar haqida alohida to‘xtalib o‘tib, statistik va tahliliy ma'lumotlarning ko‘pligi shaffoflik va oshkoralikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

sayt150621

sayt150621

Shuningdek, Z. Ziyayev hududiy boshqarmalarning yangilangan ko‘rinishdagi rasmiy saytidagi kamchiliklar bo‘yicha ham kerakli ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4796- son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyoti banki hamkorlikda jahon standartlari talablariga javob beruvchi, yangi dizaynga ega bo‘lgan Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti ishlab chiqilgan edi.

sayt150621

sayt150621

sayt150621

Tadbir so‘nggida yangilangan ko‘rinishdagi rasmiy saytlar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarilib, kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

sayt150621

sayt150621

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech