15/06/2021

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

bekobod150621

bekobod150621

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi umumxalq xayriya hashari doirasida ishdan bo‘sh vaqtlarida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Sirdayo”, “Turkiston” va “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida hasharlar tashkil etmoqda.

bekobod150621

bekobod150621

Jumladan, mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig’ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Ishchi guruhi tomonidan keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar va kam ta'minlanganlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

bekobod150621

bekobod150621

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech