Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- iyun holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,2 mingtani tashkil etib, ulardan 12,7 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 648 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2 229 ta
Xitoy – 1 893 ta
Turkiya – 1 744 ta
Qozog‘iston – 999 ta
Koreya – 902 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2021- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Turkiya – 201 ta
Rossiya – 158 ta
Xitoy – 121 ta
Qozog‘iston – 98 ta
Koreya – 38 ta
Matbuot xizmati


