18/06/2021

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etmoqda.

yh180621

yh180621

yh180621

Jumladan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar qo‘mita xodimlari tomonidan hashar yo‘li bilan tozalandi.

Shuningdek, mazkur mahallalar hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlandi.

yh180621

yh180621

Ishchi guruhi vakillari “Mahallabay” tizimida mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarga aholida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

yh180621

yh180621

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech