18/06/2021

Respondentlar tomonidan hisobot taqdim etilishida qulayliklar yaratish, hisobot ma'lumotlarini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, shuningdek tushunmovchiliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish hamda mehnat statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta'minlash maqsadida, hisobot taqdim etuvchilar uchun hududiy statistika organlari tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

estat4180621

estat4180621

Jumladan, joriy yilning 14-17- iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida seminarlar tashkil etildi.

Tadbirda, mehnat statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi yuridik shaxslar, xususan tibbiyot muassasalari, maktabgacha ta'lim va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

estat4180621

estat4180621

estat4180621

Seminarda “eStat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda  4-Mehnat choraklik Davlat statistika hisobotini muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish hamda “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

estat4180621

estat4180621

Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga Davlat statistika qo‘mitasi vakillari tomonidan atroflicha javob berildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech