Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

agricensus_1agricensus_2

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

agricensus_3agricensus_4

 Shuningdek, uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlandi. Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

agricensus_5