Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida respublikada 6 055,9 mln. dona tuxum olingan.

2023-yilning yanvar–sentabr oylarida Qashqadaryo  viloyatida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan 761 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Buxoro viloyatida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 7 395,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 547,8 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, Andijon viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti hajmi 13 351,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 7-dekabr kuni Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminovning 2023-yilning 27–29-noyabr kunlari  Shveysariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan kambag‘allik va tengsizlikni o‘lchash bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishidagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Yurtimizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 28 409 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 5 873,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida 3 916 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar–oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Sirdaryo viloyati boʻyicha 19 482 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada qariyb 8,6 mln. tonna sut yetishtirildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar–sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 28 618,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi turli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan amaliy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan 521,4 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 116,3 trln. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

“Биржа” gazetasining 2023-yil 7-dekabrdagi 97-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Jahongir Qambarovning “Statistika sohasida global tajriba almashish” nomli maqolasi chop etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 463,4 tonna yogurt ishlab chiqarildi.