Qo`mita yangiliklari

2023-yilning 1-may  holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 488 761 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 70 033 tani tashkil qildi. Faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etildi:

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 4,0 mln. so‘mni, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 108,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 9–12- may kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan gender statistikasi bo'yicha ekspertlar guruhi yig'ilishi tashkil etildi.

Qasgqadaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 78,8 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

2023-yilning 1-aprel holatiga Buxoro viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 2016,6 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,7 foizga koʻpaydi.

Joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida tramvay transportida 833,9 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 170,3 mingga koʻpdir.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 777,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,3 % ga o‘sdi.

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 689,2 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 36,4 % ga oshgan.

2023-yilning 1-may holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 23 337 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 155,1 foizni tashkil etdi. Ularning so’nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:

Jizzax viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 95,0 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

2023- yilning 1-aprel holatiga Andijon viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 3338,1 ming kishini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida Toshkent metropolitenida jami 38,7 mln. yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 11,3 mln.ga koʻp.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 14,3 % ni, sanoat – 26,7 % ni, qurilish – 7,9 % ni va xizmatlar sohasi – 51,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 258,0 tonna amortizator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 6,6 % ga oshgan.

2023-yil 1-may holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 200 357 tani tashkil etib, 2019 - yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 235,2 ming dona rezina shinalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,0 % ga oshgan.