Qo`mita yangiliklari

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha 4562,9 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 31,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha 1 259,6 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Surxondaryo viloyatining doimiy aholisi soni 2 821,9 ming kishini tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida, Buxoro viloyatida kuzatilgan uy xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 63,2 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 65,1 %, ayollar - 61,4 % tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan paypoq eksport qilgan.

2023-yil yanvar-fevral yakunlariga koʻra jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmida avtotransport xizmatlarinig ulushi 11,3 %ni yoki 7 010,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 164,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.

2022– yilning yanvar–dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 209,8 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 103,6 %), 936,3 ming tonna sut (102,9 %), 542,0 mln. dona tuxum – (104,0 %) yetishtirildi va 6 004 t. baliq (109,6 %) ovlandi.

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,2 foiz ulushini tashkil etdi.

2022- yilda Toshkent viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,1%, yuk aylanmasida 56,1 %, yo‘lovchi tashishda 94,1%, yo‘lovchi  aylanmasida 97,8% ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha 2904,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 23,1 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha 498,5 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasining  shahar joylarida 379 ta sport-taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

2023-yilning 1-aprel holatiga Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 4 137,9 ming kishini tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida, Andijon viloyatida kuzatilgan uy xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 56,8 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 62,1 %, ayollar - 51,5 % tashkil etmoqda.

2023- yilning 12–13- aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida Rossiya statistika Assotsiatsiyasi hamda Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan “Hukumat qarorlari samaradorligini oshirish, iqtisodiyot uchun raqamli infratuzilmani yaratish, statistika fanlari va ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida MDH statistik hamjamiyatini rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha 575,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 1 630,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi.