Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida 3,8 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida jami 634,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar - mart oylarida Andijon viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 260,8 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 69,8 %,  transfertlardan olingan daromadlar 21,0 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,2 % tashkil etadi.

Joriy yilning 3-may kuni Statistika agentligida o‘tkazilayotgan “Sport festivali” doirasida “Mini-Futbol” sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 854,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 3,3 % ga o‘sdi.

2023-yilning 4-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlar malakasini oshirish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 142,4 ming dona maishiy kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,6 % ga oshgan.

Joriy yilning 4-may kuni Statistika agentligida o‘tkazilayotgan “Sport festivali” doirasida “Badminton” sporti boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 40 718 ta.

Navoiy viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 51,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatida 1,7 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo  viloyatida jami 1,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar - mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 1 338,1 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,4 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 64,8 %, transfertlardan olingan daromadlar 29,1 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,1 % tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 10 ta xorijiy davlatga qiymati 2 mln AQSH dollarlik shampun eksport  qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM 8 619,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 820,8 tonna gʻildiraklar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 20,8 % ga oshgan.