Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3- o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2021- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga, Qashqadaryo viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 641,8 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 104,6 %), shundan sigirlar – 539,4 ming boshni (104,5 %), qo‘y va echkilar – 4 753,3 ming boshni (103,7 %), otlar – 33,9 ming boshni (105,1 %) hamda parrandalar – 6 450,7 ming boshni (104,8 %.) tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar:

 Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 73,8 % ni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 4,6 % ni tashkil etdi.

 2021- yil yanvar-sentabr oylarida tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur‘ati  3,1 martaga o‘sib, Boyovut tumanida kuzatildi.

2021- yil yanvar–noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida eng yuqori telekommunikasiya xizmatlari ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 55,8 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 2 o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 1- dekabr holatiga ko‘ra yillar kesimida quyidagi holatda aks etganligini ko‘rishimiz mumkin:

2021- yilning yanvar-sentabrida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 74,8  % ni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida, Andijon viloyatida jami 4821,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.

2020- yil yakunida mamlakatimizda otolaringolog yo‘nalishi bo‘yicha shifoxona o‘rinlari soni 2,9 ming birlikni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 1,0 ming birlikga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,4 % ni tashkil etdi.

2020- yil yakunida mamlakatimizda infeksion yo‘nalishi bo‘yicha shifoxona o‘rinlari soni 12,9 ming birlikni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 2,8 ming birlikga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 253,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,9 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 8,5 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 0,1 foiz punktga, 2017- yilning mos davriga nisbatan 0,9 foiz punktga oshdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni 108 tani tashkil etdi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 160,3 foizni tashkil etdi. 1dekabr holatiga sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 41 592 dona “Lacetti-Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan asosiy turlar: