Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida mablag‘larni jalb qilmasdan korxona va tashkilotlar o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirgan investitsiyalari ulushi 25,7 % ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Toshkent shahrida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 38,2 % ini tashkil etdi.

investichi

Shuningdek, Toshkent viloyatida 38,1 %, Samarqand viloyatida 30,6 % va Sirdaryo viloyatida 27,3 % investitsiyalar aynan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech