Iogann Gyote
Odam tushunishi iloji yoʻq narsani ham tushunmogʻi kerak: aks holda u haqda bosh qotirmagan boʻlar edi.
Fedor Dostoyevskiy
Harakatsizlikda baxt yoʻq.
Abu Rayhon Beruniy
Yolgʻonchilikdan chetlanib, rostgoʻylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolgʻonchining oʻzi ham sevib maqtaydi.
Benedikt Spinoza
Biron-bir narsani bajarolmayman deb koʻngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish gʻoyat mushkul boʻlib qoladi.
Alisher Navoiy
Bordur inson zotida oncha sharaf – Kim yamon axloqin etsa bartaraf.
Rene Dekart
Aqlli boʻlish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir.
Chenning
Haqiqiy bilim orttirmoq uchun odam yaxshi kitoblarni, yaʼni yaxshi, aqlli kishilar va chinakam donishmandlar yozgan kitoblarni tanlamogʻi lozim.
Abu Rayhon Beruniy
Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon koʻrgan kishilarini taʼna qilishadi.
Mishel de Monten
Birovni oʻrgatishingga oʻzing oʻganishing uchun lozim boʻlgandan koʻra ham koʻproq aql kerak.
Alisher Navoiy
Kimki kishi oʻlmakidan shod erur, Goʻrkanu gʻosilu jallod erur.
Jon Milton
Inson bolasining ming bir qusurlaridan biri shulki, u oʻzining qusurlaridan koʻra begona kimsaning qusurlarini sanashni afzal koʻradi.
Parker
Sizni oʻylashga majbur etadigan kitoblargina eng nafli kitoblardir.
Abu Rayhon Beruniy
Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar oʻrtaga kirib olishi bilan ish toʻgʻri boʻlmaydi.
Frensis Bekon
Bilim — kuch. Kuch esa bilimdadir.
Alisher Navoiy
Xaloyiqqa koʻrma qilib benavo, Oʻzingga ravo koʻrmaganni ravo.
Jon Milton
Chorasizligi tufayli boshqa odamlarning niyatlari uchun yashaydigan odam yolgʻizlik va azobga mahkumdir.
Lebbok
Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar: hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa uchun juda ziyrak boʻlmoq kerak.
Abu Rayhon Beruniy
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, gʻam-gʻussa boʻlmaydi.
Laroshfuko
Jismoniy mehnat ruhiy iztiroblarni unutishga yordam beradi, shuning uchun qashshoqlar baxtiyor odamlardir.
Alisher Navoiy
Oʻz vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, oʻzungdin istagil.
Jon Milton
Kimki azob va mehnatdan oʻzini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi.
Demokrit
Masala bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.
Abu Rayhon Beruniy
Har bir kun uchun haq va haqiqat hozirgi narsa.
Laroshfuko
Insonning hamma umidlari chippakka chiqsa, bu ularning doʻstlariga ham, dushmanlariga ham yoqadi.
Turgenev
Qoʻlga tushganini emas, obdon tanlab — saralab oʻqing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang.
Alisher Navoiy
Ilmni kim vositayi joh etar, oʻziniyu xalqni gumroh etar.
Abdulla Qahhor
Tanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dalol, shirinkomaga vijdonini sotadigan dalol boʻlmasligi kerak.
Abu Rayhon Beruniy
Ikkala daʼvogar rozi boʻlishibdi-yu, qozi rozi boʻlmabdi.
Paulo Koelo
Azob chekishdan choʻchish, azobning oʻzidan koʻra yomonroq.
Olkott
Ochganingda huzurlanib, yopganingda ruhan boyligingni his etgan kitobgina yaxshi kitobdir.
Alisher Navoiy
Nafʼing agar xalqqa beshakdurur. Bilki, bu nafʼ oʻzungga koʻprakdurur.
Abdulla Qahhor
Odam oʻzining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi boʻlishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.
Abu Rayhon Beruniy
Bugunning chorasini koʻrib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Paulo Koelo
Bir boʻlgan hodisa boshqa takrorlanmasligi mumkin. Biroq ikki bor roʻy bergan hodisa, albatta, 3-marta ham roʻy beradi.
Montegyu
Kitob oʻqishdan koʻra arzon koʻngilxushlik va ayni paytda, uzoq davom etuvchi orom boʻlmasa kerak.
Alber Kamyu
Har qanday odamning hayotida buyuk tuygʻular kam, mayda hislar koʻp boʻladi.
Abdulla Qahhor
Xomsemiz asar ustidan asfalt qiladigan mashina oʻtkazish kerak.
Abu Rayhon Beruniy
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Konfutsiy
Munosib xulqli kishi soʻzlarni shoshilmasdan soʻylagani maʼqul va ishlarni jadal ado etmogʻi afzal.
Fage
Kitoblar bizning eng soʻnggi doʻstlarimizdir, ular bizni aldamaydi, hamisha yonimizda turadi va keksayganimizda ham malomat qilmaydi
Alber Kamyu
Hamisha haq boʻlishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.
Abdulla Qahhor
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini oʻtin yorishga sarf qilish kerak emas.
Abu Rayhon Beruniy
Odamgarchiligi bor mard kishi oʻzidan va oʻziniki ekanligiga hech kim tortishib oʻtirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.
Konfutsiy
Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur boʻlib qolsa, qayerga borishingizni ularga maʼlum qilib keting.
Gyugo
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq doʻstlardir.
Gyote
Asossiz ish, nimaga qaratilganidan qatʼi nazar, doimo inqiroz bilan tugaydi.
Nosir Xisrav
Iqtidoring yetmagan ishni qilma, sababsiz oʻzingni donishmand bilma.
Alber Kamyu
Erkinlik, bu — yolgʻon gapirmaslik huquqidir.
Abdulla Qahhor
Gap qancha yaxshi boʻlsa, u shuncha qisqa boʻladi
Jon Milton
Mukammallik chegara bilmaydi.
Shamsi Tabriziy
Sevmaganga chumoli ham yuk, sevganga fillar ham chumolidek gap. Agar inson oshiq boʻlsa va ishonsa togʻni ham yelkasida tashiy oladi.
Firdavsiy
Oʻz yovin parvarish qilgan odam xom, Jahonda chiqarar axmoq degan nom.
Jaloliddin Rumiy
Hoʻkizga hech qachon oldi tarafidan yaqinlashma. Eshakka hech qachon orqa tarafidan yaqinlashma. Ahmoqqa esa hech qaysi tarafidan yaqinlashma.
Tagor
Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.
Alisher Navoiy
Yoʻl yamonu yaxshisidan yema gʻam, Bismilloh, degilu qoʻygʻil qadam.
Albert Enshteyn
Buyuk shaxslar goʻzal nutqlar vositasida emas, oʻz mehnatlari va ularning natijalari orqali shakllanadi.
Jeyms Joys (jahon adiblari haqida)
Onore de Balzakning dongʻi va mahorati oʻquvchini ushlab turadi, deb oʻylayman.
Jak Iv Kusto
Haqiqiy boylik – hayotning oʻzi va qizgʻin faoliyatdir
Gʻaybulloh as-Salom
Begona tilning grammatikasi avaxtasiga tushgan fikr oʻzining har qanday maʼnosidan mahrum boʻlibgina qolmaydi, balki oʻquvchini kalom tuygʻusidan bezdiradi, soʻzning taʼsirchanlik, safarbarlik kuchini qirqadi… Soʻz oʻzining soʻzligidan mahrum boʻlib, his-tuygʻusiz shartli tamgʻaga aylanadi.
Erkin Vohidov
Adabiyot hamisha maʼnaviyatning oldingi qatorida borgan va shunday boʻlishi kerak.
Abdurahmon Jomiy
Bir shoir oʻqidi bemaza gʻazal, Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo. Dedimki, eng yuksak sanʼat boʻlurdi, Sheʼring soʻzlari ham boʻlmasa aslo.
Lui Aragon
Odam nimadan hayratlansa, oʻshani koʻngliga yaqin oladi.
Somerset MOEM
Hayot u haqda yozish uchun emas, balki uni yashab oʻtish uchun berilganini men yoddan chiqarmaslikka harakat qildim. Tabiat menga nimani ravo koʻrgan boʻlsa, barchasini sinab koʻrishga urindim. Ijodga esa, oʻzimning birdan-bir maqsadim deb emas, insoniyatga xos boshqa faoliyat turlari bilan uygʻunlikda olib boriladigan bir soha sifatida qaradim.
Jaloliddin Rumiy
Najib Fozil kemada kitob oʻqib ketayotgan ekan. Muxlislaridan biri yaqinlashib: — Ustoz, dunyoga paygʻambar yuborishning nima keragi bor edi? Alloh aql berib qoʻyibdi, yoʻlimizni oʻzimiz ham topib olardik, — debdi. Najib Fozil kitobdan bosh koʻtarmay javob beribdi: — Kemaning nima keragi bor. Dengizdan oʻzing suzib oʻtaver!..
Gao Sinszyan
Inson qoʻlidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng gʻaroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop — koʻzning davomi, telefon — ovozning, omoch va qilich — qoʻlning. Biroq kitob — butunlay boshqa narsa, kitoblar — xotiralar va tasavvurlarning davomidir.
Sal Melamed
Oʻz shajarang bilan faxrlanarkansan, avlodingni ham shunday imkoniyatdan mahrum qilma.
Emil Krotkiy
Hayot – maktab, ammo uni tugatishga oshiqmaslik kerak.
Don Aminado
Yashash uchun hech qanday natija bermaydigan kurash gʻoyaviy kurashdir.
Ilya Ilf
Hozircha bironta yoʻlovchi avtomashinani bosib ketgani yoʻq, ammo shunga qaramay negadir mashina egalari norozi.
Li Shan In
Aqlli boʻlib koʻrinish gʻalatidir, chunki: – sheʼriyatni tushunadigan ayol gʻiybatlarga sabab boʻladi; – sharob chashnagiri boʻlgan buddaviy rohib ichgan qasamini buzib qoʻyadi; – oʻqish-yozishni biladigan, savodxon xizmatkor xato qilib, xoʻjayinidan gap eshitadi.
Frans Kafka
Taraqqiyotga ishonish taraqqiyotga erishilganiga ishonish degani emas. Yoʻqsa bu ishonch deb atalmagan boʻlur edi.
Lev Tolstoy
Bir oʻzing yakunlashing mumkin boʻlgan ishga yordamchi talab qilma.
Don Aminado
Oxirigacha aytilmagan fikrgina eslab qolishga arziydi.
Konfutsiy
Har bir hilqatning oʻz goʻzalligi bor, biroq har kim ham uni koʻra olmaydi.
Albert Enshteyn
Men hamisha shunday fikrdaman: mening ichki va tashqi hayotim olamdan oʻtib ketgan va hozir tirik boʻlgan boshqa odamlarning fikrlari, ishlariga asoslangan. Men ulardan olgan va olayotgan darajada oʻzimdan maʼnaviy meros qoldirishim kerak.
Jeyms Joys (jahon adiblari haqida)
Fransuz adibi Floberdan keyin Tolstoy, Yakobson va DʻAnnunsio yaxshi romanlar yozdi.
Alisher Navoiy
Boʻlmasa ishq, ikki jahon boʻlmasin, Ikki jahon demaki, jon boʻlmasin
Gʻaybulloh as-Salom
Ilmiy kitobni insoniy tilga “oʻgirilsa”, butun maʼnosi va taʼsiri yoʻqoladi. Ilm boʻlmay qoladi. Vassalom.
Konfutsiy
Oliyjanob odam xavfsizlikda ham xatarni, toʻqlikda ham yoʻqlikni unutmaydi. Tartib hukm surgan paytda tartibsizliklar boʻlishini nazardan qochirmaydi. Bunday odam zinhor xavf ostida qolmaydi, demakki, uning vatani ham, xalqi ham bexatar.
Albert Enshteyn
Tabiatga yaxshilab nazar soling, shunda koʻp narsalarni chuqurroq anglaysiz.
Rimliklar hikmati
Ezgu shuhrat boylikdan afzal.
Amir Temur
Davlat ishlarining toʻqqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Jak Iv Kusto
Qanchalik keng boʻlmasin, biror-bir akvarium, biror-bir sunʼiy suv havzasi dengizdagi tabiiy sharoitni yarata olmaydi.
Fridrix Shiller
Odam maqsadlari kattargani sari ulgʻayib boradi.
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Nasriddin Xoʻjadan soʻradilar:-Xoʻjam! Shu, dunyo necha chaqirim kelarkin? Shu asno yonlaridan tobut koʻtarib oʻtdilar. Nasriddin Xoʻja tobut tomonga ishorat qildi: -Ana undan soʻranglar, oʻlchash ishini bitirib qaytyapti!..
Tohir Malik
Ehtiroslar—kemalarning yelkanlarini toʻldiradigan shamol. Baʼzan u kemalarni choʻktiradi, lekin yelkansiz kemalar ucholmaydi. Safro insonni gʻam va kasal qiladi, ammo safrosiz u yashay olmaydi. Bu dunyoda hamma narsa zarur va hamma narsa xavfli.
Shamsi Tabriziy
Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan
Firdavsiy
Gapirmagan gaping ichingda nihon, Har tomon yoyilar aytganing zamon.
Tagor
Kuchini koʻrsataveradigan odam kuchsizligini isbotlaydi, xolos
Lev Tolstoy
Hammani birday yaxshi koʻr, bu muhabbatdan oʻzing ham chetda qolma.
Li Shan-In
Agar hamma ishning qalovini topsang; goʻzal narsani koʻrib, shunga oʻxshashga harakat qilsang; huda-behudaga qarz koʻtaravermasang; uydagi ayollar ahil boʻlsa, albatta, boyib ketasan.
Frans Kafka
Dunyoda qanday qilib shodlanish mumkin? Basharti faqat sen uning ichiga qochib kirsang.
Don Aminado
Afsonaviy hayot uchun ham oʻlimdan boshqa yakunni oʻylab topib boʻlmaydi.
Konfutsiy
Kimki isrofni bilmasa, azobni bilur.
Alisher Navoiy
Agar qilmadi el himoyat senga, O’zingdin kerakdir shikoyat senga.
Jeyms Joys
Aristotel mening nazdimda, hamma zamonlarning eng buyuk mutafakkiri. Uning asarlarida hamma narsaga aniq va oddiy ta’rif beriladi. Keyinchalik esa uning fikrlari asosida tom-tom kitoblar yozildi.
Albert Enshteyn
Bizning dunyoimiz yashash uchun xavfli joy. Ayrimlar yomonlik qilayotgani uchun emas, qolgan barcha buni jim kuzatib turgani uchun.
G’aybulloh as-Salom.
Tilning g‘aribligi — tafakkurning qashshoqligidan.
Konfutsiy
Jarohatlarni unut, lek zinhor yaxshilikni yodingdan chiqarma.
Fridrix Shiller
Vaqtni qoʻlingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirgʻalib qochib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bagʻishla.
Rimliklar hikmati
Dengizni ichib (qoʻldan kelmas ishni bajarib) boʻlmaydi.
Amir Temur
Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa oʻz yomonliklariga topshirdim. Kim menga doʻstlik qilgan boʻlsa, doʻstligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom koʻrsatdim.
Jak Iv Kusto
Odam ahmoqlik qilishni istaganidagina aqlidan foydalana boshlaydi.
Tomas Mann
Sanʼat insonning ezgulikka, haqiqatga, komillikka yetaklaydigan gʻayriixtiyoriy va azaliy intilishining eng goʻzal, eng qatʼiy, eng quvonchli va ezgu timsolidir.
Rumiy
Boyazid Bistomiy hazratlaridan: -Siz suv ustida yurar emishsiz. Qanday qilasiz? – deb soʻradilar. -Bir quruq yogʻoch ham suvda yuradi. Biz yogʻochcha boʻlmadikmi?!
Shamsi Tabriziy
Koʻlmak yelvizakda ham chayqalaveradi. Ummonlarning toʻlqini muhabbatning mahobatidandir. Angladimki, teran va asrorangiz boʻlgan narsalar sokin boʻladi. Angladimki, sokin boʻlgan nasalar teran va haybatli boʻladi.
Firdavsiy
Gapirmagan gaping ichingda nihon, Har tomon yoyilar aytganing zamon.
Fridrix Shiller
Pessimizm qalb alkogolizmining bir koʻrinishidir.
Tomas Mann
Bizning qoʻrquvimiz – dushmanlarimiz mardligining manbasidir.
Sal Melamed
Oliyjanoblik va yumorni sarf qilmasdan turib saqlab boʻlmaydi.
Ilya Ilf
Yolgʻonchilar musobaqasida toʻgʻri gapni aytgan odam birinchi oʻrinni oldi.
Don Aminado
Oʻn barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni oʻzgartirma.
Lev Tolstoy
Oʻn barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni oʻzgartirma.
Frans Kafka
Kimki dunyoda oʻz yaqinini sevsa, bu dunyoda faqat oʻzinigina sevadigan odamga qaraganda katta ham, kichkina ham boʻlmagan adolatsizlikka yoʻl qoʻyadi. Faqat bir savol qoladi: birinchisi mumkinmikan?
Alisher Navoiy.
Menga ne yoru ne oshiq havasdur, Agar men odam ersam, ushbu basdur.
Albert Enshteyn
Shuhratim oshgani sari siyqalanib boryapman. Afsuski, bu – juda keng tarqalgan holat.
Gʻaybulloh as-Salom.
Koʻp tilshunos olimlarimizning bisoti — tili sanoqli atamalar majmuasidan iborat. Shu bisotdan tashqarida ular — yoʻq.
Konfutsiy
Oliyjanob odamning izlagani – oʻzi, pastkashning qidirgani esa oʻzgalar.
Frans Kafka
Haqiqiy dushman oldida senda cheksiz mardlik paydo boʻladi.
Tomas Man
Azob-uqubat koʻrmagan odam bir umr yosh bola boʻlib qolaveradi.
Uolt Disney
Agar sen biror narsani oʻylab topa olsang, uni bajarishga ham qodirsan.
Jak Iv Kusto
Haqiqiy boylik – hayotning oʻzi va qizgʻin faoliyatdir.
Filip Chesterfild
Barcha sanʼatlar kishidan uzoq mashqni, oʻz ustida muntazam ishlashni talab qilsa, yoqimtoy boʻlish sanʼati faqat bir narsani — xohishni talab qiladi.
Rimliklar
Azob aybsizlarni ham aybliman deyishga majburlaydi.
Tomas Man
Faqat oʻlimgina azob-uqubatlarni hurmatlashga oʻrgata oladi.
Jaloliddin Rumiy
Yo asling kabi koʻrin, yo koʻringaning kabi boʻl.
Tagor
Iztirob hayotdagi barcha qadrli narsalar: kuch-quvvat, aql-farosat, muhabbat uchun toʻlovdir.
Fridrix Shiller
Zulmni murosasiz yomon koʻradigan kishigina ezgulikni cheksiz sevishi mumkin.
Firdavsiy
Aql ulugʻlikka etadi payvand, Aqlsizning doim oyogʻida band.
Jaloliddin Rumiy
Toʻrtta narsa toʻrt narsaga olib boradi: 1) Jim turish salomat boʻlishga. 2) Yaxshilik qilish ulugʻ boʻlishga. 3) Saxovat koʻrsatish ustun boʻlishga. 4) Shukr qilish ziyoda boʻlishga.
Onore de Balzak
Buyuk kishilar hech qachon maddohlik qilmaydilar. Xushomad — mayda odamlarning ishi, ular oʻzlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.
Konfutsiy
Qadimda kam soʻylashardi, oʻz soʻzlarining ortidan yetolmay qolishdan qoʻrqishardi.
Tagor
Hatto qaroqchilar toʻdasi ham qandaydir axloq talablariga rioya etishi kerak; ular butun dunyoni talashlari mumkin, lekin bir-birlarini emas.
Fridrix Shiller
Iroda inson bolasining oʻziga xos sifatidir, aql esa irodani boshqarish uchun oʻzgarmas qoidadir.
Jak Brel
Shoir bizni yurak yutib botinimizga — ruhiyatimiz qaʼriga nazar solishga va unda siyratimizni oʻzimiz tasavvur etgandek emas, balki aslida oʻzimizning kim ekanimizni aniq koʻrishga daʼvat etadi.
Jak Prever
Baxtsizlik bir oʻzi kelmaydi, uning ortidan quvonch koʻrinish beradi.
Virjiniya Vulf
Garchi asrlar mobaynida turli-tuman mexanizmlar yasashni oʻrganib olgan boʻlsak-da, ammo adabiyot qanday yaratilishini tushunib yetganimizga shubham bor.
Viktor Gyugo
Zakovatli insonni hayotga buyuk ehtiromidan ham tanib olsa boʻladi.
Dmitriy Lixachyov
Jeyms Joys adabiy hodisa, endi u takrorlanmaydi, u mutlaqo benazir. Joysning maktabi boʻlmasligi mumkin, biroq uning jahon madaniyati va adabiyotidagi mavqei beqiyos.
Goratsiy
Isteʼdodli shoir olomonni qoyil qilish uchun urinmagani maʼqul.
Seneka
Buyuk adiblar, allomalar, shoirlarning asarlari faqat chiroyli soʻzlari, tilining jozibaliligi bilangina emas, balki mardona ruhi bilan goʻzal va qimmatlidir. Ulugʻ adiblar asarlaridagi maʼnolarni bir oʻqishda ilgʻab olish mushkul, buning uchun ularning ijodini chuqur oʻrganish lozim boʻladi.
Gao Sinszyan
Adabiyotni bizning ichki his-tuygʻularimizning amalga oshishiga boʻlgan ehtiyojimiz paydo qiladi. Kitob jamiyatga taʼsir koʻrsatadimi, yoʻqmi — bu boshqa masala, bu savolning javobi uning muallifiga mutlaqo bogʻliq emas.
Giyom Apolliner
Tabiatdan, xuddi fotograflardek, nusxa koʻchirmaslik kerak. Odam yurishga taqlid qilishni oʻylab gʻildirakni kashf etdi. Bu bilan u, oʻzi bilmagan holda, syurrealistik harakatni amalga oshirdi.
Aflotun
Mard yoki qoʻrqoq odamning harakatlari va qoʻshiqlariga kelsak, adolat yuzasidan shuni tan olib aytish joizki, mardlarda ular goʻzal va jozibali, qoʻrqoqlarda esa xunuk va jirkanchlidir.
Sal Melamed
Kattalar ertakni haqiqatga, bolalar esa aksincha – haqiqatni ertakka aylantiradilar.
Viktor Tomilov
Yerning tortish kuchi hamma joyda bir tekisda emas: mansab orom kursilarida u sezilarli darajada kuchliroq. dfsdf
Mark Tven
Muhabbat umrda bir marta keladi. Yoqtirish esa, bir necha marta. Sen bularning orasini aralashtirma, tagʻin nadomat qilib yurmagin.
Ernest Xeminguey
Faqat oʻzing yaxshi oʻrgangan, yaxshi biladigan narsalar haqida yozish, yozganda ham samimiy va rost yozish kerak; tasvirlangan holat inson qalbini oʻrtab yuborsin, voqelikni baholashga yordam bersin, oʻquvchi boshidan kechirgan voqelikning bir qismiga aylanib qolsin.
Arastu
Tarixchi olim bilan shoir oʻz asarlarini biri vaznsiz, ikkinchisi vaznga solib yozishi tufayligina bir-biridan farqlanmaydi. Agar Gerodotning asarlari sheʼriy vaznga solib yozib chiqilsa ham baribir tarixiy asarligicha qoladi.
Sal Melamed
Hayotdan hamma narsani olgach, uni qashshoqlikda ayblama.
Emil Krotkiy
Har xil usulda suzadilar, bir xil usulda choʻkadilar.
Ilya Ilf
Soʻz bilan xafa qilish, lugʻat bilan esa mayib qilish mumkin.
Lyev Tolstoy
Bor narsalarga qanoat qil.
Don Aminado
Chinakam doʻstlik izhori dil uchun emas, tinglash uchundir.
Konfutsiy
Oliy odam uch holatda oʻzini saqlay oladi: yoshlikda hirsdan, kuchga toʻlganda janjaldan, keksalikda ochkoʻzlikdan.
Frans Kafka
Hissiyot olamidan tashqaridagi barcha narsalarni til faqat ishora qilish bilangina izhor eta oladi, ammo unga eng yaqin boʻlgan ifodani ayta olmaydi, chunki til hissiyot olamiga muvofiq holda faqat bor boʻlgan moddiyatlar va ular bilan bogʻliqlarnigina taʼrif eta oladi.
Li Shan-In
Qizingni ayollar bajaradigan ishlarga; muloyimlik va hurmat-ehtiromga; oʻqish va hisob-kitobga; ehtiyotkorlikka; oʻziga qarab yurishga (ozodalikka); gʻiybatga berilmaslikka; xizmatkorlarni hurmat qilishga oʻrgat.
Lyev Tolstoy
Iloji boricha kam uxla.
Don Aminado
Senga umrboqiylik haqida gapirishayotganda soatingga qarayverma.
Alisher Navoiy
Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin koʻnglum pisand etmas.
Gʻaybulloh as-Salom
Odamlarni hech qachon rosmana kitobiy tilda gapirishga undash kerak emas. Busiz ham hammayoqda — “sidirgʻavozlik”. Har kim oʻz tilida “chugʻurlashsin”. Bir xil qiroat, jonni oʻrtaguvchi bir xil “toat-ibodat” jonga tegdi… Juda! Majlisda, darsda, uyda, hatto toʻy-hasham, maʼrakada — chuchmal gaplar, yolgʻon-yashiq uydirmalar… Qachongacha!
Konfutsiy
Fikrlamay ilm olmoq – behudalik; bilim bilan sugʻorilmagan tafakkur esa xatardir.
Jyeyms Joys
“Yozuvchi boʻlishdan avval oʻquvchi boʻlish kerak”. Bu – aksioma. Zero, Abdulla Qodiriy taʼkidlaganidek, “Yozuvchi birovni takrorlab qoʻymaslik uchun ham oʻqishi kerak”. Agar tarixga nazar tashlansa, koʻplab buyuk adiblar mutolaa orqali mahoratini oshirganini koʻrish mumkin. Jumladan, men ham.
Albert Enshteyn
Bizni ezgu oʻy va amallarga yoʻllovchi yagona vosita – buyuk va maʼnaviy pokiza insonlar timsolidir. Odamga biror narsani oʻrgatishning yagona oqilona yoʻli – misol keltirishdir.
Jorj Eliot
Oʻzingiz orzu qilgan kishi boʻlishingiz uchun hech qachon kech emas.
Ovidiy
Bekorchining tanasi qanday zaiflashayotganiga, suvi harakatsiz koʻlning sasiyotganiga boq.
Charli chaplin
Men siyqasi chiqqan mavzudan qoʻrqmayman. Hayotning oʻzi toʻlasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va oʻlamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qoʻyamiz.
Jak Iv Kusto
Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin.
Albert Enshteyn
Tasavvur bilimdan koʻra koʻproq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va tushunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz qachonlardir tushunadigan, bilib oladigan narsalarni ham qamraydi.
Amir Temur
Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yoʻlini toʻsdim.
Filip Chesterfild
Oʻrtamiyona damduz boʻlish, yaʼni sir saqlay bilish — irodali kishi fazilatidir. Ruhan baquvvat kishi, ortiqcha sir-sinoatga berilmaydi.
Erkin Vohidov
Adabiyotga sadoqat va eʼtiqod masalasi avvalo soʻz sanʼatining kelajagi toʻgʻrisida qaygʻurishdan boshlanadi.
Tomas Mann
Agar biror fikr butun vujudingni qamrab olgan boʻlsa, u seni har qadamda taʼqib etadi, hatto havoda ham uning hidini sezasan.
Rimliklar hikmati
Tejamkorlik xasislik degani emas.
Musyakodzi Saneasu
Ishonchim komilki, go‘zallik sirini kashf etish nasib qilganda, tabiatning irodasini anglash imkoni tug‘ilganda — ana shunda yashashdan maqsad ham to‘la oydinlashadi.
Mahmud az-Zamahshariy
Haqiqat va adolat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘lur.
Tomas Mann
Orzular ushalganda eng yaxshi narsalar ortda qoladi.
Fridrix Shiller
Oʻz topqirligidan zavqlanib kulgan kishining askiyasi kuchini yoʻqotadi.
Firdavsiy
Oʻzining aybini bilganda odam,Boshqalar aybini soʻzlamasdi ham.
Erkin Vohidov
Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, oʻtgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa – bundan ulugʻ baxt yoʻq. Har bir aytgan soʻzing, ishing oʻzingning xohishingga muvofiq boʻlsa – eng katta baxt shu.
Jaloliddin Rumiy
Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: “Falonchi sening haqqingda falonday pistonday nomaʼqul gaplarni gapirdi”, debdi. -Qachon? -Bugun. -Qaerda? -Uyida. -Uning uyida nima qilayotgan eding? -Ziyofatga boruvdim. -Ziyofatda nima yeding? Xaligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi. Shunda Hasan Basriy (q.s.): -Oʻsha odamning sakkiz xil taomi qorningga sigʻdiyu bir ogʻiz soʻzi sigʻmadimi? Tur, ket bu yerdan! – dedilar va gʻiybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.
Tohir Malik
Choʻqqiga chiqayotgan odam yiqilishni niyat qilmaydiku, kurashdingmi yengishing shart.
Shamsi Tabriziy
Soʻzlar haqiqat emas, bor yoʻgʻi ogʻizdan chiqqan tovushlardir. Haqiqatni anglamoq uchun yashamoqqa ehtiyoj bor.
Firdavsiy
Oʻzgaga qilgan muruvvatingni doʻstga ham, dushmanga ham maqtanma.
Li Shan In
Oʻgʻlingni oʻrgat: bobolarning yaxshi ishlariga; soʻz berdimi – bajarishga; halollik va hayolilikka; olti sanʼat turini mukammal bilishga; dunyoga keng qarashga; sobit irodali boʻlishga; bir ishga kirishar boʻlsa, obdon oʻrganishga.
Frans Kafka
Haqiqat yoʻli yerning ustidan biroz balandlikda tortilgan arqon boʻylab oʻtadi. U unda yurishdan koʻra koʻproq u toʻgʻrida xayol surishga moʻljallanganga oʻxshaydi.
Lev Tolstoy
Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top.
Don Aminado
Oʻzingdan ketganingda qaytib kelishni unutma.
Konfutsiy
Oliy odamning nutqi sokin, harakati joʻshqin boʻlur.
Dmitriy Pisarev
Bekorchilikdan aqliy va jismoniy lanjlik kelib chiqadi.
Fyodor Dostoyevskiy
Odamni barbod qilish uchun koʻp narsa kerak emas, shunchaki u qilayotgan ish hech kimga kerak emasligiga uni ishontirish kerak, xolos.
Jak Iv Kusto
Agar mantiqqa bogʻlanib qolganimizda, kelajak bizga afsus-nadomatlar olib kelardi. Mantiqdan muhimroq narsalar bor. Biz odamlarmiz. Eʼtiqod va umidga egamiz, mehnat qila olamiz.
Albert enshteyn
Agar bolalaringiz aqlli boʻlishini istasangiz, ularga ertaklar oʻqib bering. Agar yanada aqlliroq boʻlishlarini xohlasangiz, undanda koʻproq ertak oʻqib bering.
Konfutsiy
Kimki nokamtarlik bilan yolgʻon soʻzlar ekan, uning jimjimador soʻzlari faqat va faqat musibat keltiradi.
Tomas Man
Shoir ijodiy toʻqimalari sabab emas, ilohiy iqtidor tufayli dunyoga keladi.
Amir Temur
Hech kimga gʻazab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning gʻazabiga duchor boʻlmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.
Tagor
Baxt oʻzini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oshishini istasang, ularni tiyib tura bil.
Fridrix Shiller
Minnatdorlik eng tez unutiladigan narsadir
Rimliklar hikmatli soʻzlari
Yillar hamma narsani, hatto xotirani ham olib ketadi
Tagor
Yaxshi gaplarni koʻpchilik gapirishi mumkin, lekin tinglay oladiganlar kam, sababi, u aqlning kuchini talab etadi.
Fridrix Shiller
Ishni tezroq tugallash harakatida boʻl.
Rimliklar hikmatli soʻzlari
Indamas itdan, tinch oqar suvdan qoʻrq.
Amir Temur
Qilmoqchi boʻlgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka soʻz berar ekanlar, yaqiniga ham yoʻlamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
Muhammad Ali
Odam mashgʻulot zallarida chempion boʻlmaydi. Chempion boʻlish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va oʻz gʻalabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi.
Umar ibn Horis
Qadimda ezgu ishlarni koʻp qilishardi, lekin gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar keldi. Endi esa faqat gapirishmoqda.
Firdavsiy
Birovga sogʻinsa har kim yomonlik, Nihoyat ul oʻzi topmas omonlik.
Shamsi Tabriziy
Hammasi qalbingga bogʻliq: qalbingni oʻzgartir, dunyoing ham oʻzgarsin.
Jon Milton
Kishi oʻziga biror mashaqqatni olmasa, boshqaninng koʻnglini ololmaydi.
Rumiy
Hazrati Bahouddin Naqshband (q.s.)dan muridlari bir karomat koʻrsatishni soʻrashdi. Hazrat oʻrinlaridan turdilar-da, yengil-yengil besh-olti qadam yurib, yana joylariga choʻkdilar. Muridlar hayron boʻlib qarashdi. Hazrati Naqshband (q.s.) dedilar: -Ikki yelkamda togʻday-togʻday gunohlarni koʻtarib, qushday yengil yurishimning oʻzi karomat emasmi?!
Anatol Frans
Jahon adabiyoti haqida) Yaxshi tanqidchi nafaqat oʻqigan asarlarini tahlil qiladi, balki u oʻz qalbining kechinmalari — sarguzashtlarini ham bayon qiladi.
Gabriyela Mistral
Shoiri boʻlmagan xalq misoli ruhsiz tana.
Sinesiy
Falsafa orqali inson oʻzini taniydi va Tangri bilan muloqot qiladi, xalq bilan esa soʻz sanʼati (ritorika) koʻmagida muloqotda boʻladi… Ritorikani va poeziyani yoqtirmaydiganlar ojiz odamlar, Tangri ularni isteʼdoddan benasib qoldirgan. Ular koʻnglidagini soʻz orqali ifodalay olmaydi va shu boisdan ham oʻzlarini sirli koʻrsatishga urinadi. Aslida esa, ularda hech qanday sir yoʻq.
Abdurahmon Jomiy
Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni koʻr, Choʻloq tulki unga beradi ozor.
Lui Aragon
Toʻgʻrilik koʻpincha muhokama qilinmaydi.
Nikola Tesla
Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarning elektrga aylanishi mumkin boʻlganda, butun dunyoning yorugʻ boʻlishiga kifoya qilgan boʻlardi.
Ernest Xeminguey
Inson gapirishni oʻrganishi uchun ikki yilga muhtoj boʻladi. Jim turishni oʻrganishi uchun esa, ellik yil kerak.
Muhammad Ali
Allohdan boylik soʻradim. U menga Islomni berdi.
Viktor Tamilov
Odam hamma narsaga qodir! Faqat odam boʻlish qiyin.
Suqrot
Aqlli kishi johilga xuddi tabib bemorga xitob qilgandek xitob qilishi kerak.
Don Aminado
Insoniyatni istaganingcha sevaver, ammo javob sevgisini kutma.
Emil Krotkiy
Soat zanjirband boʻlsa-da, vaqt yugurik.
Sal Melamed
Vaqt ajinlardan tashqari hamma narsani silliqlaydi.
Viktor Tamilov
Kitob javoniga “dafn qilingan” kitobni dunyo yuzini koʻrdi deb hisoblash mumkinmi?
Mahmud Darvesh
Onam bilan boshqalarning orasidagi farq shuki, boshqalar meni mahzun holda koʻrmaslikni orzu qiladilar. Ammo onam mendan mahzunlikni oʻziga olishni orzu qiladi.
Gʻaybulloh as-Salom
Oʻzbek tili, oʻz lugʻaviy tarkibi tarafidan ham, poytaxt Toshkentni eslatadigan boʻlib qoldi. Qanday yaxshi!..
Konfutsiy
Qayerga bormagin, eʼtiqoding sen bilan boʻlsin.
Li Shan-In
Sababini aytmay bolani doʻpposlash; – kimgadir hurmat-izzat koʻrsataman deb haddan oshiq mulozamat qilish; – yilning issiq kunida quyosh kuydirib turgan chogʻ hosil terishga borish – yaramaydi.
Frans Kafka
Oʻzingda diyonat emas, yovuzlik ustun degan tasavvur uygʻonishiga yoʻl qoʻyma.
Lev Tolstoy
Yaxshi boʻl va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.
Jeyms Joys
Hamma davrlarda ham adabiyotga yangilik olib kirganlar eng yaxshi yozuvchi deb tan olingan. Lev Tolstoy buyuk adib. Uning asarlari hech qachon oʻlmaydi. Chunki uning yelkasida doim boshi boʻlgan.
Albert Enshteyn
Agar mavzuni oson tushuntira olmasangiz, demak uni yetarli darajada bilmaysiz.
Jak Iv Kusto
Girdob va hayot bir narsa ekanini unutib qoʻydik.
Charli Chaplin
Hayot repetitsiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yigʻlang, raqsga tushing, kuling va qoʻlingizdan kelganicha yaxshi yashang.
Filip Chesterfild
Qirol Vilgelm davrida qirralari qirilib ketgan tangalarni muomaladan olib tashlashdi. Oʻrniga yangi zarb qilingan tanga qirgʻogʻiga bundan buyon odamlar uni buzmasin deb: “Ham bezak, ham himoya” soʻzlarini yozib qoʻyishdi. Yaxshi tarbiya ham xuddi shunga xizmat qiladi.
Erkin Vohidov
Oʻquvchi uchun avtorning yoshu qarisi, unvonli, unvonsizi yoʻq. U hamisha yozilgan satrlarga qarab muallifga oʻz munosabatini bildiradi: yo qalbiga jo qiladi, yo unutadi, yoʻqlikka mahkum etadi.
Jaloliddin Rumiy
Dunyo yasangan, bezangan chiroyli bir kelinchak kabidir! U barchaga kulib boqadi, ammo hech kimga tegmaydi. Dunyoning bu kayfiyatini anglagan buyuk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay oʻtib ketaveribdilar.
Firdavsiy
Qayda ravshan boʻlsa toʻgʻrilik nuri, Egrilik soʻnadi, quriydi shoʻri.
Rimliklarning hikmatli soʻzlari
Haqiqatni – maydan, sogʻliqni – suvdan qidir.
Filip Chesterfild
Bilim insonga salmoq, obroʻ berishi mumkin. Shukuh, maʼnaviy goʻzallik esa faqat tarbiyadan.
Erkin Vohidov
Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yoʻqmi, oʻqituvchilar saviyasiga bogʻliq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.
Jaloliddin Rumiy
Bir olim gʻiybatchiga debdi: -Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obroʻsi kamaydi, ammo bu toʻkilgan obroʻ senikiga kelib qoʻshilmaydi-ku!
Tohir Malik
Kam ichding nima-yu, koʻp ichding nima, farqsiz, igna ham yoʻgʻon qoziqning uchi ham koʻzga kirar boʻlsa baribir koʻr qiladi.
Jon Milton
Quyosh botsa oʻkinma, ertaga u tongni boshlab keladi.
Shamsi Tabriziy
Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan.
Konfutsiy
Oʻz xatolaringni tan olishdan uyalma, aks holda ular jinoyatga aylangʻusi
Don Aminado
Sochlar xuddi doʻstlarga oʻxshaydi: oqaradi va siyraklashadi.
Lev Tolstoy
Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.
Frans Kafka
Ruh qachon jon boʻlishdan toʻxtasa, u ozod qilinadi.
Li Shan-In
Agar alkimyo odamlarga boylik keltiradi; – qoʻshni viloyat amaldorlari vijdonan ishlaydi desang– odamlarni aldaysan.
Gʻaybulloh as-Salom
Chamasi, tilni buzganligi uchun jarima tayin etish kerak. Ana oʻshanda hozir turnaqator boʻlib bosilib chiqayotgan yuzlab kitoblar, risolalar taqqa toʻxtaydi. Odamlarning qulogʻi tinadi. Qogʻoz tejaladi…
(Navoidan 9 sms)
Tuzlik ermas shifosiyu voyasi ham, Kim egri kishining egridir soyasi ham.
Jeyms Joys
Gans-Kristian Andersen – Daniyadagi eng yaxshi yozuvchi. Dunyoda undan yaxshi yozadigani yoʻq. Hech kim Andersenchalik tarixni bolalarga yaxshi hikoya qilib berolmaydi. U – jahonda noyobdir.
Albert Enshteyn
Bilimni oʻzlashtirish qobiliyatimdan koʻra fantaziya qobiliyatim men uchun qadrliroq.
Amir Temur
Shijoatli kishilarni doʻst tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
Filip Chesterfild
Oʻzi haqida hech nima gapirmaydigan yoxud hamma narsani ayon-shayon qilib yuradigan odamga hech kim hech narsani ishonib aytmaydi.
Plutarx
Yalqov boʻla turib sogʻlom yurishni istagan kishi jim turib ovoz chiqarishni istagan kabidir.
Charli Chaplin
Mening ogʻrigʻim kimningdir kulgisiga sabab boʻlishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir ogʻrigʻiga sabab boʻlmasligi kerak.
Jak Iv Kusto
Bolalik – umrning eng mazmunli davri.
Amir Temur
Eng baland minora ham yerdan koʻtarilgay.
Tagor
Vijdonimizning ovozini eshitmaslik uchun shovqinli olomon ichiga oʻzimizni uramiz.
Jon Milton
Tasodif yoʻq bu dunyoda hamma narsa yo sinov, yo jazo, yo mukofot, yo oldindan aytish.
Shamsi Tabriziy
Har narsaning meʼyori yaxshi. Odobning esa ortigʻi.
Jaloliddin Rumiy
Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi: -Sizga qancha pulu oltin kerak boʻlsa, mana mendan soʻrang! -Yoʻq, — debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa soʻramayman. -Ie, qanaqasiga sizga qul boʻlay? – darqaxr boʻlibdi boy. Shayx javob beribdi: -Nafs mening qulim, sen esa nafsning qulisan!..
Rimliklarning hikmatli soʻzlari
Odobli inson hamisha oddiy boʻladi.
Tomas Mann
Mutlaqo begona odamlarning bir-biriga “sen” deb murojaat qilishi yovvoyilik, qoloqlik, odobsizlik belgisidir. Men buni jinimdan battar yomon koʻraman. Chunki bu, mohiyatiga koʻra, sivilizatsiyaga va insoniyat taraqqiyotiga surbetlarcha, vijdonsizlarcha qarshi yoʻnaltirilgandir.
(Fridrix Shiller)
Har qanday gʻalabadan ustun narsa kechirimdir.
Firdavsiy
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat, Nodonga yondoshma, bosmasin gʻaflat.
Shamsi Tabriziy
Hammasi qalbingga bogʻliq: qalbingni oʻzgartir, dunyoing ham oʻzgarsin.
Vilgelm Humboldt
Hayotdagi eng birinchi va eng muhim narsa oʻzingni oʻzingga boʻysundirishga intilishdir.
Bernard Shou
Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz koʻz oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz koʻzdan nari ketishi bilan muvaffaqiyat ham ketadi.
Mishel de Monten
Eng zoʻr qobiliyatlar bekorchilik sabab soʻnadi.
Javoharlaʼl Neru
Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yoʻqlaydi.
Filip Chesterfild
Doʻstlikda ham, dushmanlikda ham doimo meʼyorni his etib turish kerak. Aksincha, birinchisi xavfli boʻlib qolishi, ikkinchisi esa bitishmas darajaga borib qolishi mumkin. Ertaga nima boʻlishini hech kim bilmaydi.
Abdurahmon Jomiy
Agar mezbon dasturxon atrofida oʻzini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan oʻz jigaring aʼlo va uning sharbatidan oʻz qoning bajo.
Lui Aragon
Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir.
Albert Enshteyn
Odam yosh boʻlgan paytda yolgʻizlik – azob, lekin kamolotga yeta borgani sari uning ilhombaxsh kuchi ortadi.
Jak Iv Kusto
Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi.
Charli Chaplin
Hayotdagi eng qaygʻuli hol – hashamatga oʻrganib qolishdir.
Jon Milton
Tunu kun nafsni tiyishga intilmoq darkor.
Shamsi Tabriziy
Doʻst degani gulday boʻlmogʻi kerak: ham yaprogʻi, ham tikani bilan.
Firdavsiy
Yomonga qoʻshilma, boʻlursan yomon, Qarosin yuqtirar doimo qozon.
(Tomas Mann)
Xunuk holatlarni ham oʻz foydasiga uyalmay oʻzgartira olish yashovchanlik qobiliyatining belgisidir.
Jaloliddin Rumiy
Yolgʻonchiga berilgan jazo unga boshqalar ishonmay qoʻygani emas, u boshqalarga ortiq ishona olmasligidir.
Jaloliddin Rumiy
Yoʻlda oʻzlariga toʻqnash kelayotgan molni koʻrib, Imom Aʼzam yoʻl beribdilar. Sababini soʻraganlarga esa shunday javob qilibdilar: -Molning shoxlari boʻlsa, mening aqlim bor!
Shamsi Tabriziy
Senda undan ham bor, bundan ham bor. Falon bormi dedilar, bor. Fismadon bormi dedilar, bor. Yaxshi, SENda SENdan nima bor, Mavlono?!
Firdavsiy
Toʻgʻrilikdan kelmish hamma yaxshi ot, Egrilikdan foyda koʻrmadi bir zot.
(Tomas Mann)
Qoʻpollik sizni istagan odam bilan bir joyga qoʻyadi; faqat adabgina masofa hosil qila oladi.
Rimliklarning soʻzlari
Bittadan ortiq haqiqat yoʻq.
Jaloliddin Rumiy
Hurmat qilsang, hurmat qilinasan. Sadaqa qilsang, rizqing yana ziyoda boʻladi. Tabassum qilsang, ajr olasan. Tavozuʼli boʻlsang, yuksalasan.
Robindranat Tagor
Shunchaki qarab yoki turib dengizni kesib oʻta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.
Fridrix Shiller
Ishni yarim yoʻlda tashlab, chetga chiqib oladigan va endi bu yogʻi nima boʻlar ekan, deb ogʻzini ochib qarab turadigan odam haqiqiy ahmoqdir.
Tomas Mann
Mukammallik katta quvonch olib keladi.
Rimliklarning soʻzlari
Vaqtning qadriga yet!
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan boʻlgan Mahmud Kamoldan soʻradilar: -Sizdagi bilimning oʻndan biriga ham ega boʻlmaganlar sizdan bir necha barobar koʻproq tanildilar. Buning sababi nimada ekan? -Men bilmoq uchun oʻrgandim, ular bilinmoq uchun!
Jon Milton
Yasama dabdaba kaltafahmlikning intihosi.
Shamsi Tabriziy
Huzun ishqni aynishdan asraydi.
Firdavsiy
Pandu nasihatdan kim oʻgirdi yuz, Zahmati ming boʻlur, pushaymoni — yuz.
Mahmud az-Zamahshariy
Burgut tovuqlar orasida bemalol yuraversa, u burgut emas.
Abu Rayhon Beruniy
Ilmlarning foydasi ochkoʻzlik bilan oltin-kumush toʻplash uchun boʻlmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega boʻlishdir.
Konfutsiy
Ota va onaning yoshini bilmaslik mumkin emas, bu oʻgʻil uchun ham quvonch, ham tashvish.
Navoiy
Ilmni kim vositayi joh etar, Oʻziniyu xalqni gumroh etar.
Abu Ali ibn Sino
Xulqlarning barchasi oʻz tabiati bilan goʻzal, yomon xulq-atvorlarga esa keyin erishilgan boʻladi.
Imom Gʻazzoliy
Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang.
Shamsi Tabriziy.
Bu hayotda har kim boʻlishing mumkin, ammo eng muhimi INSON boʻlmogʻingdir.
Jaloliddin Rumiy.
Oʻylaring soʻzlaringga, soʻzlaring feʼlingga, feʼling taqdiringga nuqs etadi. Goʻzal oʻyla, goʻzal yasha.
Fridrix Shiller.
Oʻzini boshqara oladigan odamgina erkindir.
Tomas Mann.
Baxt va muvaffaqiyat – oʻzimizda, ichimizdadir.
Firdavsiy.
Donolar soʻziga quloq ilmasang, Eng nodon sendirsan — bilgil, bilmasang.
Erkin Vohidov.
Raqobatli dunyoda kitobning qudratli, sehrgar raqiblari koʻp.
Jaloliddin Rumiy.
Bir xristian popi oʻlkamizga kelib, yoshgina boladan cherkovning yoʻlini soʻrabdi. Bola popni cherkovga kuzatib qoʻyibdi. Minnatdor pop debdi: — Barakalla, oʻgʻlim! Ertaga ham shu yerga kelsang senga jannatning yoʻlini koʻrsataman. Bola javob beribdi: — Cherkovni yoʻlini bilmagan jannatning yoʻlini qaerdan bilardingiz?!
Pasternak.
Dunyoda hech qanday dalil qolmagan taqdirda ham, bir mikrobning hayoti Allohni anglash va anglatish uchun yetarlidir.
Shamsi Tabriziy
Baʼzan ortingga qarab qoʻy: shunda qayerdan kelganingni unutmaysan.
Firdavsiy.
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
Seneka hikmati
Yer yuzida quyosh nuriga loyiq bo‘lmagan odamlar ko‘p, lekin quyosh har kuni qaytadan chiqadi.
Seneka hikmati
Pulga sotib olingan sadoqat, yana pulga sotiladi.
Seneka hikmati
Boshlangan har narsa bir kun tugaydi.
Seneka hikmati
Katta omad bu katta qullikdir.
Seneka hikmati
O‘lim, ba’zan jazo, ba’zan esa mukofot, ko‘pincha lutfdir.
Jon Milton hikmati
Umid bilan qurgan imorating bir og‘masin, bir og‘dimi baribir yiqiladi.
Jon Milton hikmati
Mehr bilan qahr orasi bir qadam.
Jon Milton hikmati
Yaxshilik bilan yomonlik, kulfat bilan omad, yonma-yon, oldinma-keyin yuradi.
Jon Milton hikmati
Puxta o‘ylab ko‘rilmagan bemavrid mardlik baxt keltirmaydi.
Jon Milton hikmati
Gap shundaki eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon.
Rimliklar hikmati
Va'da berishdan oldin uning ustidan chiqishni o‘yla.
Tomas Mann
Nuqsonni yoqlash bilan fazilatlar haqorat qilinadi.
Fridrix Shiller
Buyuk qalblar iztiroblarini sukut bilan o‘tkazadilar.
Robindranat Tagor.
Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.
Imom G‘azzoliy
Qabrda yotganlar pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqdalar.
(Albert Enshteyn)
Bilim bu – maktabda o‘rgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin o‘zingda qolgan narsalardir. Savol berishdan to‘xtamaslik juda muhim. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi.
(Charli Chaplin)
Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
(Jak Iv Kusto)
Haqiqiy boylik – hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir.
(Henrix Heyne)
Ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan odam hech qachon to‘laqonli baxtli bo‘lolmaydi, ishyoqmas kishining yuzida hamisha norozilik va hafsalasizlik alomatlarini ko‘rasiz.
(Amir Temur)
Har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak.
Konfusiy
Shirin so‘zlar va sha'ma ko‘ngildan chiqqan samimiyat belgisi emas.
Konfusiy
Ehtiyotkor inson ham ba'zan adashadi.
Konfusiy
Jarohat uchun adolatni, ezgulik uchun faqatgina ezgulikni qalqon biling.
Konfusiy
Ezgulik uchun yaralgan yoxud ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko‘rmadim. Kimki ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo‘lur.
Konfusiy
Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq – cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir.
Konfusiy
Oliy odam Haqiqatga do‘st, manfaatga emas.
Frans Kafka
Yaxshilik, qaysidir ma'noda, minnatli hamdir.
Lev Tolstoy
Yaqinlaringning hayoti shirin bo‘lishiga hissa qo‘sh.
EMIL KROTKIY
Shaxmatdagi ot ham qoqilishi mumkin
SAL MELAMED
Vaqt ajinlardan tashqari hamma narsani silliqlaydi.
Viktor Tomilov
O‘qishni boshlash hech qachon kech emas, hatto oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyin ham.
Jon Golsuorsi
Nima uchun biz ijodkorlar jonu jahonimizni san'atga baxshida etamiz? Bu savolga faqat bitta to‘g‘ri javob bor: — Insonning farovonligi va ulug‘vorligi uchun!
Muhammad Iqbol
Meni ishq sayqalladi, inson bo‘ldim. Dunyoning ulug‘vorligi va ojizligini bildim.
Abdurahmon Jomiy
Sofdil oshiqlardan latifroq kishi olamda topilmas.
Lui aragon
Yoshlar orzu qiladi. Qarilar eslaydi