O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori
1968- yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug`ilgan. Oliy iqtisodiy ma`lumotga ega. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi, Ta`limni axborotlashtirish akademiyasi, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi va Nyu-York fanlar akademiyasi a`zosi. Xalqaro statistika institutining a’zosi.
1986 – 1988- yillarda harbiy xizmatda bo`lgan.
1992- yilda Moskva iqtisod-statistika institutini tugatgan.
O`qishni bitirib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (TDIU) Hisoblash markazida 3-toifali muhandis bo`lib ishlagan.
1992 – 1996- yillarda Moskva moliya-iqtisod institutining aspiranturasida o’qigan. Uni tamomlashi bilan, “Исследование и разработка моделей и алгоритмов компьютерной технологии рекламной деятельности (на примере информационных продуктов и услуг)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo`lgan.
1996 – 1999- yillarda TDIU “Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari” kafedrasida katta o`qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.
1999 – 2001- yillarda TDIU “Informatika, menejment va iqtisodiy ta`lim pedagogikasi” fakulteti dekanining o`quv ishlari bo`yicha muovini bo`lib ishlagan.
2001 – 2002- yillarda TDIUning «Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2001- yilda “Axborot-kommunikatsiya bozorining shaklllanish va rivojlanish tendentsiyalarini ekonometrik modellashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2002 – 2008- yillarda TDIUning “Informatika, menejment va iqtisodiy ta`lim pedagogikasi” fakulteti dekani vazifasini bajargan.
2008 – 2011- yillarda TDIUning “Axborot texnologiyalari va menejment” fakulteti dekani bo`lib ishlagan.
2011 – 2012- yillarda TDIUning Ilmiy ishlar bo`yicha prorektori lavozimida ishlagan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan, 2012–2016 yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari bo`lib ishlagan. O`rindoshlik asosida TDIUning “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasi professori lavozimida ishlagan.
2013- yilning mart oyidan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 6- martdagi 65-son qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining iqtisodiyot fanlari bo`yicha a`zosi etib tasdiqlangan.
2016 – 2017- yillarda Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
2017- 2022- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5051-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
2023- yilning 1- yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-468-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori etib tayinlandi.
Ilmiy va pedagogik faoliyatni olib boradi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi professori hisoblanadi. “O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi”, “Iqtisod va ta`lim”, “Servis” va “O`zbekiston iqtisodiyoti” jurnallar tahririyat a`zosidir.
300 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 4 ta darslik, 12 ta o`quv qo`llanma, 9 ta monografiya, 32 ta o`quv-uslubiy ishlari chop etilgan.
Oilali, uch qiz va bir o`g`li bor.