O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Raisi

 

1968- yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug`ilgan. Oliy iqtisodiy ma`lumotga ega. Iqtisod fanlari doktori, professor. Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi, Ta`limni axbrotlashtirish akademiyasi va Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining haqiqiy a`zosi. Xalqaro statistika institutining a’zosi.

1986 – 1988- yillarda harbiy xizmatda bo`lgan.

1992- yilda Moskva iqtisod-statistika institutini tugatgan.

O`qishni bitirib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (TDIU) Hisoblash markazida 3-toifali muhandis bo`lib ishlagan.

1992 – 1996- yillarda Moskva moliya-iqtisod institutining aspiranturasida o’qigan. Uni tamomlashi bilan, “Исследование и разработка моделей и алгоритмов компьютерной технологии рекламной деятельности (на примере информационных продуктов и услуг)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va  iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo`lgan.

1996 – 1999- yillarda TDIU “Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari” kafedrasida  katta o`qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

1999 – 2001- yillarda TDIU “Informatika, menejment va iqtisodiy ta`lim pedagogikasi” fakulteti dekanining o`quv ishlari bo`yicha muovini bo`lib ishlagan.

2001 – 2002- yillarda TDIUning «Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2001- yilda “Axborot-kommunikatsiya bozorining shaklllanish va rivojlanish tendentsiyalarini ekonometrik modellashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2002 – 2008- yillarda TDIUning “Informatika, menejment va iqtisodiy ta`lim pedagogikasi” fakulteti dekani vazifasini bajargan.

2008 – 2011- yillarda TDIUning “Axborot texnologiyalari va menejment” fakulteti dekani bo`lib ishlagan.

2011 – 2012- yillarda TDIUning Ilmiy ishlar bo`yicha prorektori lavozimida ishlagan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan, 2012–2016 yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari bo`lib ishlagan. O`rindoshlik asosida TDIUning “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasi professori lavozimida ishlagan.

2013- yilning mart oyidan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 6- martdagi 65-son qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining iqtisodiyot fanlari bo`yicha a`zosi etib tasdiqlangan.

2016 – 2017- yillarda Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

2017- yil 23- maydan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5051-son Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangan.

Ilmiy va pedagogik faoliyatni olib boradi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi professori hisoblanadi. “O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi”, “Iqtisod va ta`lim”, “Servis” va “O`zbekiston iqtisodiyoti” jurnallar tahririyat a`zosidir.

300 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 4 ta darslik, 12 ta o`quv qo`llanma, 9 ta monografiya, 32 ta o`quv-uslubiy ishlar chop etgan.

Oilali, uch qiz va bir o`g`li bor.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech