2021- yil 22- iyun kuni Rossiyaning Davlat statistikasi federal xizmati (Rosstat) va BMTning aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) Statistik ekspertizaning xalqaro markazi bilan hamkorligida Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari uchun migratsiya statistikasi bo’yicha onlayn seminar tashkil qilindi.

usti11

usti22

Mazkur seminar BMTning aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) dasturi doirasida Rossiya Federatsiyasi hukumati ko’magida amalga oshirilib, MDH mamlakatlarida aholi to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish va foydalanishda to’g’ri siyosat olib borishni ko’zda tutadi.usti33

usti44

Tadbirni UNFPAning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha hududiy direktori Allana Armitaj, Rossiyaning Davlat statistikasi federal xizmati (Rosstat)ning rahbar o’rinbosari Pavel Smelov hamda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar departamenti maslahatchisi Konstantin Kulikov ochib berdi.

usti55

usti66

Seminar ishtirokchilari 2020- raundida aholini ro’yxatga olish natijalari bo’yicha migratsiya o’lchovlarini, ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish metodologiyasini yangilash, migratsiya bo’yicha xalqaro ma’lumotlar bazalari taqdimoti, mehnat migratsiyasi va pul o’tkazmalari statistikasi masalalarini tahlil qilishdi.

usti77

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yo’ldoshev, Ro'yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig’i Sherzod Do’snayev, Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig’i Sherzod Abrayev ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati